O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana pasaydi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 838,83 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 13 so‘m 67 tiyinga pasaydi.

Joriy oyda kurs ketma-ket uch marta rekord darajaga ko‘tarilib, 28-noyabr kuni 12 865,05 so‘mni, 20-noyabr kuni 12 855 so‘mni, 19-noyabr kuni 12 844 so‘mga yetgandi.

Avvalroq “Spot” dollarning rasmiy kursi noyabr oyida qanday o‘zgargani haqida yozgandi.

O‘zbek so‘mi ketma-ket to‘rtinchi oy arzonlashmoqda. Noyabr oyida milliy valyuta 90 so‘m, yil boshidan beri esa 4,26% qadrsizlandi.

23-oktabr kuni dollar kursi oktabr oyi uchun sakkizinchi marta rekordni yangilab, 12 827,90 so‘mni tashkil qilgandi.

2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilishdir.