Yangi “Huawei” telefoni imo-ishoralar yordamida kontentni bir qurilmadan ikkinchisiga o‘tkazish imkonini beradi. Bu haqda “CNet” nashri xabar berdi.
Seshanba kuni Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirda taqdim etilgan “Mate 70” seriyasi uchta telefonni o‘z ichiga oladi, ularning barchasi ushbu funksiyaga ega: asosiy “Mate 70”, “Mate 70 Pro” va “Mate 70 Pro Plus”.
Shu bilan birga, ushbu funksiyadan bir vaqtda birnechta odam foydalanishi mumkin. Bir odam o‘z qurilmasidan faylni olib, ikkinchi odam imo-ishoralar orqali faylni o‘ziga o‘tkazib olishi mumkin.
Narxlar qatori 5499 yuandan (taxminan $760, 599 funt sterlingga yoki 1667 Avstraliya dollariga teng) boshlanib, 6499 yuangacha (taxminan $898) ko‘tariladi va 8499 yuanda (taxminan $1173) o‘z cho‘qqisiga yetadi. Ushbu seriya Xitoyda iPhone 16 qatorining bevosita raqobatchisi sifatida keng tan olingan.
“Huawei” do‘konlaridagi xaridorlar ijtimoiy tarmoqlarga o‘xshash imo-ishoralarni bajarib, bu funksiyani sinab ko‘rayotgan videoroliklarni joylashtirdilar. Mazkur funksiya ekran ostiga o‘rnatilgan kameralar va sensorlar yordamida ishlaydi.
Avvalroq “Spot” “Huawei” o‘zining birinchi premium elektromobilini taqdim etgani haqida yozgandi.
Elektromobilning dastlabki narxi 124 ming yevrodan 186 ming yevrogacha baholanmoqda va rasmiy savdolar 2-dekabrdan boshlanadi.