“Toshkent-Xojikent-Toshkent” yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.
“Joriy yilning 3-dekabr sanasidan boshlab shahar atrofida yangi keltirilgan tezyurar shaharlararo elektropoyezdi o‘z qatnovlarini boshlayotganligi to‘g‘risida ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.
Tezyurar elektropoyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
Toshkent bo‘linmasining yagona hudud chipta narxi umumiy 20 000 so‘m, bolalar uchun 11 500 so‘m etib belgilandi.
Odatdagi jadval asosida qatnab kelayotgan elektropoyezdlarning qatnov vaqtlari o‘z o‘rnida qoladi va jadval asosida qatnovlarini davom ettiradi.