Kaliforniyada qo‘zg‘atilgan yangi da’vo “Apple"ni o‘z xodimlarining iCloud qurilmalari va akkauntlari ustidan noqonuniy josuslik qilishda aybladi.
Shu bilan birga, texnologik gigant kompaniya xodimlariga ish haqi va mehnat sharoitlarini muhokama qilishga ruxsat bermagani uchun ayblanmoqda.
Da’vo “Apple"ning raqamli reklama bo‘limida ishlaydigan Amar Bxakta tomonidan taqdim etilgan. Da’vo arizasida ta’kidlanishicha, “Apple” xodimlardan ishda foydalaniladigan shaxsiy qurilmalariga maxsus dasturiy ta’minotni o‘rnatishni talab qilayotgan ekan.
Ushbu dasturiy ta’minot go‘yoki “Apple"ga xodimlarning shaxsiy qurilmalarida ishchi qurilmalar sifatida foydalaniladigan ma’lum ilovalarga kirish imkonini beradi.
“Apple” kuzatishi mumkin bo‘lgan ilovalarga elektron pochta, foto kutubxonalar, sog‘liq haqidagi ma’lumotlar, aqlli uy ma’lumotlari va shaxsiy ma’lumotlarni saqlaydigan ilovalar kiradi.
Xodimlarga oylik maosh va mehnat shartlarini OAV bilan muhokama qilishga ruxsat berilmaydi; shu bilan birga, ularga qonun bilan himoyalangan sharoitlarda ham xabardor bo‘lish taqiqlanadi.
Shaxsiy qurilmalar o‘zlarining iCloud shaxsiy hisoblarini kompaniya bilan bog‘lashga majbur bo‘ladi. Bu esa Apple’ga xodimlar ofisdan tashqarida bo‘lganida ularning joylashuvi haqidagi ma’lumotlar va boshqa shaxsiy axborotlarni yig‘ish imkonini beradi.
Bundan tashqari, da’vo arizasida “Apple” xodimlardan texnologiya gigantiga ular ustidan elektron, jismoniy va video nazorat o‘rnatishga imkon beruvchi siyosatga rozilik berishni talab qilayotgani bilan ham aylanmoqda.
Avvalroq “Spot” “Apple” qurilmalari saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkinligi haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, kompaniya mahsulotlari tarkibida onkologik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan kimyoviy moddalar mavjud.