O‘zbekistonlik tikuvchi va tadbirkor Dilorom Yo‘ldosheva 2024-yilgi dunyoning ilhomlantiruvchi va nufuzli ayollarini o‘z ichiga olgan “BBC 100 Women” ro‘yxatiga kiritildi.
Ikki yil oldin Dilorom o‘rim-yig‘im vaqtida baxtsiz hodisa sabab ikkita oyog‘idan ayrilgan. Shunga qaramay, u o‘zining tikuvchilik biznesini ochib, tadbirkorlik va resurslarni boshqarish asoslarini o‘zlashtirib olgan
Qisqa vaqt ichida Yo‘ldosheva 40dan ortiq ayolga tikuvchilikni o‘rgatdi, ishchi va maktab o‘quvchilari uchun kiyim-kechak ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalar tuzdi.
Bugungi kunda Dilorom tomonidan yo‘lga qo‘yilgan biznes uning o‘zi uchun ham, u yangi kasbni egallashga yordam bergan o‘nlab ayollar uchun ham daromad keltiradi.
Ro‘yxatga aktrisa Sheron Stoun, vizajist oliviya Makvey, reproduktiv huquqlar himoyachisi Amanda Zurovski, Britaniyaning konservativ partiyasi yetakchisi Kemi Badenok va boshqa ko‘plab soha vakillari ham kiritilgan. To‘liq ro‘yxat bilan havola orqali tanishish mumkin.
Avvalroq Koreya ishtirokida Nukusda qiymati $38 mlnlik ayollar o‘quv markazi tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.