Kichik biznesni qonuniylashtirish va rasmiy ravishda ishlash osonlashdi. Endilikda onlayn tarzda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish va shu kundan boshlab mijozlardan to‘lovlarni qabul qilishni boshlash mumkin. Ushbu maqom qanday afzalliklarni beradi va qaysi faoliyat sohasida eng ko‘p talabga egaligini ushbu maqola orqali bilib olish mumkin.
O‘zini o‘zi band qilish — bu o‘ziga o‘zi ishlash va rasmiy daromad olishning qonuniy usuli. Mazkur maqomda ro‘yxatdan o‘tish faoliyatni qonuniylashtirish va mumkin bo‘lgan soliq da’volaridan ozod bo‘lish, daromadni tasdiqlash, masalan, kredit, shuningdek, kelajakda pensiya olish uchun ish tajribasiga ega bo‘lish imkonini beradi.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ishlashni boshlash uchun quyidagilar zarur:
Soliq.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tish va anketani to‘ldirish orqali “O‘zini o‘zi band qilgan shaxs” maqomini olish. Buning uchun PINFL va telefon raqamini, tasdiqlash kodini kiritish, faoliyat turini qo’shish, manzilni tanlash va ro’yxatdan o’tish tugmasini bosish, bundan keyin QR-kodini yuklash lozim.
Bir daqiqadan kamroq vaqt ichida “Click SuperApp” ilovasidagi “Click Business” bo‘limida shaxsiy hisobni ro‘yxatdan o‘tkazish va darhol to‘lovlarni qabul qilish mumkin bo‘lgan hamyonga kirish.
Yangi “Click” xizmati QR-kod yordamida alohida hamyonga to‘lovlarni qabul qilish imkonini beradi. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng darhol shaxsiy hisobga borib tushadi va undan shu zahoti foydalanish mumkin — xizmatlar uchun to‘lash yoki ilovada bog‘langan istalgan kartalarga mablag‘ o‘tkazish imkoniyatlari bor. Shaxsiy kabinetda mablag‘larni boshqarish va to‘lovlar va xarajatlar haqidagi ma’lumotlarni qulay formatda ko‘rish mumkin.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lagan holda o‘zlariga pensiya tayinlashda hisobga olinadigan ish stajini taqdim etadilar. Yakka tartibdagi tadbirkorning yillik pul aylanmasi 100 million so‘mdan oshsa, qo‘shimcha aylanma solig‘i undiriladi. Shunday qilib, soliqlarni to‘lash faoliyatni qonuniylashtirish, ish stajiga ega bo‘lish va boshqa toifadagi xodimlar bilan teng sharoitlarda pensiyaga chiqish imkonini beradi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda 4 milliondan ortiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar bor. Mavjud faoliyatlar ro‘yxati allaqachon 100dan ortiq yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi va doimiy ravishda yangilanib boradi. Bu xodimlarni ishga olmasdan o‘zi uchun ishlaydiganlarga yangi imkoniyatlar ochadi. O‘z-o‘zini ish bilan ta’minlash xizmatlar (enagalar, sartaroshlar, kosmetologlar), hunarmandchilik (mebelchilar, tikuvchilar), ijodkorlik (fotograflar, dizaynerlar), ta‘lim (repetitorlar), IT va boshqa turdagi mustaqil faoliyatlarni qamrab oladi va kerakli yo‘nalish tanlash imkonini beradi.
Reklama huquqlari asosida.