Farg‘ona viloyatida 1,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazilgan.

Unda Bog‘dod tumanida fuqaro S.T. ga qarashli choyxona shartnoma rasmiylashtirmasdan o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 237 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.


Avvalroq “Spot” ikkita hududda 261 mln so‘mdan ortiq elektr energiyasi talon-toroj qilingani haqida yozgandi.

Xususan, Andijon va Qoraqalpog‘istonda fermer xo‘jaligi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanganligi aniqlandi.