Toshkentdan Samarqandga “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Temiryo‘lekspress” matbout xizmati xabar bermoqda.

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan 775/776-sonli Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida yuqori tezlikda poyezd harakati 15-dekabrdan boshlanadi.

Xususan, qatnovlar 15−31 dekabr kunlari hamda 2025-yilning 3−12 yanvar kunlari oralig‘ida haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Poyezd jadvali quyidagicha:

775-sonli Samarqand-Toshkent yo‘lovchi

  • Samarqand 10:55 — Toshkent 13:15.

776-sonli Toshkent yo‘lovchi-Samarqand yo‘nalishi

  • Toshkent 13:56 — Samarqand 16:14.

Shuningdek, kompaniya yo‘lovchilardan chiptada belgilangan vaqtga qarab vokzalga yetib kelishlarini so‘ragan.

Avvalroq “O‘zbekiston temir yo‘llari” Toshkent-Xiva yo‘nalishida tezyurar poyezd qatnovi boshlangani haqidagi xabarlarni rad etgandi.