5-dekabr, payshanba kuni bitkoin kursi $100 mingdan oshdi. Bu haqda “CoinMarketCap” ma’lumotlarida keltirilgan.

Savdoning yuqori nuqtasida token Toshkent vaqti bilan 7:40 atrofida psixologik belgidan o‘tgan. Yarim soat o‘tgach, token uchun $103 mingdan ortiq taklif qilindi, shundan so‘ng narx ushbu belgi atrofida kichik tebranishlar bilan barqarorlashdi.

Xabar e’lon qilingan vaqtda bitkoin $103 250ga sotilmoqda. So‘nggi sutkada kurs taxminan 7,5%ga ko‘tarildi, haftalik o‘sish esa biroz ko‘proq — 7,7%ni tashkil etdi.

Bir qator boshqa kriptovalyutalar ham yuqoriga intildi. Masalan, “Ethereum” bir kunda 4,8%ga qimmatlashdi va bahordan beri birinchi marta $3850ga yetdi. “Dogecoin” har bir token uchun 45 sentga ko‘tarildi — bu bir kun oldingiga nisbatan deyarli 10%ga yuqoridir.

Boshqa tomondan, “Solana” kriptovalyutasi 1,4%ga arzonlashdi va hozirda $235dan sotilmoqda. “Toncoin” $6,84dan sotilmoqda, bu 4%ga pasaygan, “XRP” esa kun davomida deyarli 11%ga pasaygan.

6-noyabr kuni bitkoin qisqa vaqt ichida birdaniga 8%ga qimmatlab, $75 mingga, 7-noyabrda — $76 mingga, 8-noyabrda esa $77 mingga yetdi. 10-noyabr kuni bitkoin kursi birinchi marta $80 mingdan oshdi.