O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket pasayishdan keyin oshdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

5-dekabr, payshanba kuni regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 837,1 so‘m etib belgiladi. Kun davomida birja savdosida kurs 24 so‘m 06 tiyinga ko‘tarildi.

Noyabr oyida kurs ketma-ket uch marta rekord darajaga ko‘tarilib, 28-noyabr kuni 12 865,05 so‘mni, 20-noyabr kuni 12 855 so‘mni, 19-noyabr kuni 12 844 so‘mga yetgandi.

Avvalroq “Spot” dollarning rasmiy kursi noyabr oyida qanday o‘zgargani haqida yozgandi. O‘zbek so‘mi ketma-ket to‘rtinchi oy arzonlashmoqda. O‘tgan oyda milliy valyuta 90 so‘m, yil boshidan beri esa 4,26%ga qadrsizlandi.

2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilish bo‘lgan.