Bayram va dam olish kunlari ayrim banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bunga “Spot” e’tibor qaratdi.

7-dekabr — shanba kunlari haftada 5 kun ishlovchilar uchun, 8-dekabr esa barcha uchun oddiy dam olish kuni hisoblanadi. Konstitutsiya bayrami yakshanba kuniga to‘g‘ri kelgani sabab, dam olish kuni 9-dekabr, dushanba kuniga ko‘chiriladi.

Bu kunlarda quyidagi banklar tomonidan ayrim valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi:

Shu bilan birga, “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.

Avvalroq Markaziy bank 2027-yilga kelib pul o‘tkazmalari hajmi yiliga 10−15% o‘sishini prognoz qilayotgani haqida xabar berilgandi.