“Qo‘rqish noo‘rin” — Jahongir Ortiqxo‘jayev JSTga a’zo bo‘lish haqida
Tadbirkor tashkilotga qo‘shilish natijasida mamlakatga ochilayotgan boshqa davlatlarga xursand bo‘lish kerakligini, milliy mahsulotlarni ularga ham sotish imkoniyati oshishini qayd etdi.
“O‘zbekiston energiya tizimiga ta’sir qilmagan holda” — Mirzamahmudov Yevropaga yashil elektr energiyasi eksporti haqida
Mazkur loyihada Qozog‘iston va Ozarbayjondan tashqari, Saudiya Arabistoni ham ishtirok etishi mumkin.
Bill Geytsdan qishki ta’tilda o‘qish uchun 4ta kitob
Microsoft asoschisi o‘z blogida yangi yil bayramida mutolaa qilish uchun o‘zi o‘qigan kitoblari ro‘yxatini taqdim etdi.
“Bizga hech kim ishonmagandi”: “Pipls” asoschilari 900 mln so‘m aylanmaga ega tarmoqni qanday ochishgan?
“Pipls” muassasalari tarmog‘i asoschilari Amir Usmanxodjayev va Kirill Saydahmedov “Spot"ga nima sababdan franshiza asosida ish boshlash g‘oyasidan voz kechganlari, loyiha o‘zini ikki haftada qoplagani va marketing kampaniyalari mahsulotga bo‘lgan qiziqishni qanday saqlab turishga yordam berishi haqida so‘zlab berishdi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Toshkentda energiya resurslaridan nooqilona foydalanishga qarshi reydlar boshlandi.
Elektr energiyasidan asossiz foydalangan poytaxtdagi savdo nuqtalari va muassasalar tarmoqdan uzib qo‘yilib, ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda. - Yotoqxonalar va mahalliy qozonxonalar uchun gaz narxi pasaytirilmoqda.
Barcha hajm uchun to‘lov bazaviy tarif (bir kubometr uchun 650 so‘m) bo‘yicha amalga oshiriladi. - Bir kunda propanning birjadagi narxi deyarli 4%ga oshdi.
Bu Uzbekistan GTL zavodi ta’mirlanishi sabab, suyultirilgan gaz sotuvga qo‘yilmagani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. - 2025-yilda mahalliylashtirish orqali BYD tannarxini pasaytirish belgilanmoqda.
Davlat rahbari Samarqanddagi avtobus va yuk transporti korxonalarini ham tashqi bozorlarga olib chiqish kerakligini qayd etdi. - 15-dekabrdan Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha Afrosiyob poyezdi yo‘lga qo‘yiladi.
Qatnovlar 15−31 dekabr hamda 3−12 yanvar kunlari oralig‘ida haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. - Umra tadbirlarini noqonuniy tashkil etayotgan litsenziyasiz turoperatorlar javobgarlikka tortilmoqda.
Toshkent shahri, Farg‘ona hamda Namangan viloyatlarida turfirmalar tomonidan fuqarolarni noqonuniy ravishda Umraga jo‘natish holatlari aniqlandi. - Turkmaniston O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshiradi.
Bundan tashqari, tomonlar qo‘shma gaz loyihalarini amalga oshirish istiqbollarini ko‘rib chiqishmoqda. - Mahalliylashtirish, xarajatlarni kamaytirish, 1 mlnta ish o‘rni — O‘zavtosanoat rahbari tarmoqdagi rejalar haqida
Ulug‘bek Rozuqulov BSG kompaniyasi bilan 2030-yilgacha bo‘lgan sohani rivojlantirish dasturi ishlab chiqilishini qayd etdi. - 2025-yilda O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti uchun narxlar ikki marotaba oshirilishi mumkin.
Joriy yilda narxlar Toshkentda ikki marta, mamlakatning qolgan hududlarida esa bir marta oshirilgandi. - O‘zbekiston Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliya kabi davlatlar bilan viza tartibini soddalashtiradi
Work and Travel kabi dasturlarda ishtirok etuvchi talabalarning yo‘lkira xarajatlari uchun ssuda ajratiladi.
Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar
Click o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay to‘lov usulini taklif etdi
Click o’zini o’zi band qilgan shaxslarga to’lovlarni oson va tez qabul qilishda yordam beruvchi xizmat haqida gapirib berdi.
“100 Ga” loyihasi: Siberian Wellness Orolbo‘yi ekotizimini faol tiklamoqda
“100 Ga” xalqaro loyihasi doirasida Siberian Wellness barqaror kelajak sari qadam tashlab, Orolbo‘yi ekotizimini tiklashda faol ishtirok etishda davom etmoqda.