Energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda. Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar berdi.
Departamentning Bo‘ston tumani bo‘limi va ETK xodimlari hamkorligida tadbir o‘tkazilgan.
Unda “E.O.” fermer xo‘jaligi rahbari D.E. va boshqalar xo‘jalik yer maydonlarini sug‘orish uchun suv nasosini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulanib olgani aniqlangan.
Buning natijasida jami 310,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Shu kabi, Departamentning Oqdaryo tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Tekshiruvda aniqlanishicha, “Yangiqo‘rg‘on” MFY hududidagi “X-X.” xususiy korxonasi rahbari J.X. elektr qurilmalarni tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulanib olgan.
Buning natijasida jami 259,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shuningdek, Departamentning To‘rtko‘l tumani bo‘limi tomonidan ham tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda “Shabbaz” OFY hududidagi xonadonda yashovchi fuqaro S.Yu. o‘z uyida gaz hisoblagich uskunasidan tashqari gaz tarmog‘iga yashirincha ulanib olgani aniqlangan.
Buning natijasida esa jami 129,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq “Spot” Samarqandda mayning ferma $2,2 mlnlik elektr energiyasini talon-toroj qilgani haqida yozgandi.
Oilaviy korxona binosining yon qismidagi yerto‘lada joylashgan 89ta qurilma orqali elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.