Avvalroq sovuq havo oqimi natijasida ayrim hududlardagi AGTKShlar faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilayotgani haqida xabar berilgandi.
Energetika vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, shundan kelib chiqib, birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin hajmi vaqtinchalik ikki baravarga oshiriladi. Buning uchun barcha hududlarda zarur miqdorda zaxiralar yaratilgan.
Talab va taklifga qarab, benzin hajmini yanada oshirish imkoniyati mavjudligi ma’lum qilinadi. Iste’molchilar talabini to‘liq qondirish masalasi davlat nazoratiga olingan.
Joriy kuz-qish mavsumida mamlakat aholisini benzin bilan zarur miqdorda hamda uzluksiz ta’minlash yuzasidan barcha zaruriy choralar ko‘rilgani ta’kidlanadi xabarda.
Bundan tashqari, xususiy avtozapravkalar egalaridan narxlarni sun’iy ravishda oshirmaslik, benzinni sifat va miqdor jihatidan to‘g‘ri sotish so‘ralmoqda.
Hozirgi vaqtda ishchi guruhlar tomonidan joylarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Narxlarning asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Avvalroq vazirlik elektr ta’minoti bo‘yicha savollarni 1154 qisqa raqami yoki “Telegram"dagi @HET_admin mazniliga, gaz ta’minoti bo‘yicha esa 1104 va 104 qisqa telefon raqamlari yoki “Telegram"dagi “@hududgaz_murojaat_bot"ga jo‘natish mumkin.