“OpenAI” matnli so‘rovlar bo‘yicha videoroliklar yaratish uchun “Sora” sun’iy intellekt modelini ishga tushirdi.

Uni AQShda va boshqa ba’zi mamlakatlarda pullik “ChatGPT” foydalanuvchilari sinab ko‘rishlari mumkin, biroq Rossiya va Yevropa Ittifoqida model mavjud emas.

“ChatGPT” obunachilari “Sora” yordamida matndan video yaratishi, tasvirlarni jonlantirishi hamda mavjud videolarni kengaytirishi yoki bir-biriga qo‘shishi mumkin.

Foydalanuvchilar “Sora Turbo” deb nomlangan neyron tarmog‘i orqali 480pikseldan 1080pikselgacha va uzunligi 5 soniyadan 20 soniyagacha bo‘lgan videolarni yarata oladi.

Oyiga $20 to‘lanadigan “ChatGPT Plus” asosiy tarif rejasi foydalanuvchilarga 720p aniqlikda besh soniyalik 50 tagacha video yaratish imkonini beradi.

Joriy yilning fevralida “OpenAI” matnni videoga aylantira oluvchi sun’iy intellekt modelini ishlab chiqgani haqida xabar berilgandi.

O‘shanda model sinov bosqichida va faqat cheklangan doiradagi dizaynerlar hamda rejissyorlar uchun mavjud edi.


Avvalroq “Spot” “ChatGPT” matnni qayta ishlash funksiyasini yangilagani haqida yozgandi.

Endi matnlar yanada tabiiy va qiziqarli bo‘ladi, shu bilan birga ularning aloqadorligi va o‘qilishi yaxshilanadi.