Atom energiyasi agentligi (“O‘zatom”) huzuridagi AES qurilishi direksiyasi CNNC sho‘ba korxonasi — “China National Nuclear Corporation Overseas Ltd” (CNOS) bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Bu haqda “O‘zatom” matbuot xizmati xabar berdi.

5-dekabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiya doirasida “O‘zatom” va Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) tomonidan Mamlakatlar Hadli dasturiga qo‘shimchalar kiritildi.

Atom energiyasi agentligi Fransiyaning “Assystem Engineering and Operation Services” — Assystem sho‘ba korxonasi bilan shartnoma imzoladi.

Shuningdek, “O‘zatom” Jahon yadro assotsiatsiyasi (WNA) bilan o‘zaro anglashuv va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi.

aes, atom energiyasi agentligi, cnnc, magate, o‘zatom, xitoy

Bundan tashqari, MMFI MTYU Toshkent filiali hamda Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolandi.

Joriy yilning oktabr oyida Azim Axmedxo‘jayev “O‘zatom” bir nechta xorijiy kompaniyalar, jumladan, CNNCning kichik AES qurilishi texnologiyalarini tahlil qilganini ma’lum qilgandi.

O‘tgan oyda “O‘zatom” va CNNC kichik AES qurilishi bo‘yicha Xitoy tajribasini o‘zlashtirish imkoniyatlarini batafsil ko‘rib chiqishga kelishib olgandi. Tomonlar uran rudasini qazib olish, qayta ishlash, yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish hamda keyinchalik AESda yoqilg‘idan foydalanish quvvatlarini kengaytirish niyatida.

Bundan tashqari, Xitoy tomoni yadro texnologiyalarining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirgan.

“O‘zatom” huzuridagi AES qurilishi direksiyasi direktori Otabek Amanov Jizzaxdagi kichik AESning yordamchi obyektlarini qurishga xalqaro kompaniyalar, xususan, turbinalar uskunalar, generatorlar va quruq gradirnyalarni yetkazib berish uchun jalb qilinishi mumkinligini qayd etdi.