Milliarder Ilon Mask yangi “Aurora” sun’iy intellekt modelini taqdim etdi. Bu haqda “hi-tech.mail” nashri xabar berdi.
Bu model juda haqiqatga o‘xshash tasvirlarni yaratish imkonini beradi. Ushbu xizmat tadbirkor bilan bog‘liq bo‘lgan “Grok” neyron tarmog‘iga qo‘shildi.
“Aurora” Mask asos solgan “xAI” kompaniyasi mutaxassislari tomonidan yaratilgan. Press-relizga ko‘ra, model “dunyo haqida chuqur tushunchaga ega bo‘lgan internetdan milliardlab misollar” yordamida o‘qitilgan.
Ishlab chiquvchilarning so‘zlariga ko‘ra, xizmat fotorealistik tasvirlarni yaratishda, shuningdek, matnli ko‘rsatmalarga aniq rioya qilishda muvaffaqiyatga erishmoqda.
“xAI” kompaniyasi “Aurora” multimodal kiritishni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Bu shuni anglatadiki, u ishlaganda foydalanuvchi yuklagan tasvirlarga tayanishi yoki hatto ularni tahrir qilishi mumkin.
Xizmat yaratuvchilarining aytishicha, neyron tarmog‘i vizual tafsilotlar, matnlar va logotiplarni aniq aks ettiradi. Bundan tashqari, sun’iy intellekt modeli odamlarning juda haqiqiy tasvirlarini yaratish bilan ajralib turadi.
Ishlab chiquvchilarning fikricha, “Aurora” bu sohalarda raqobatchilardan ko‘ra yaxshiroq ishlaydi.
Avvalroq “Spot” sud Ilon Maskka $100 mln miqdoridagi mukofot pulini to‘lashni yana bir bor taqiqlagani haqida yozgandi.
Delaver shtati sudi “Tesla” aksiyadorlarining ko‘pchiligi iyun oyida Maskka ko‘p milliardlik to‘lovni ma’qullagani haqidagi dalilni ham ishonchli deb topmagan.