2024-yilning noyabr oyida ikkilamchi avtomobil bozorida o‘rtacha narxlar pasayishda davom etdi.

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan noyabr oyida ikkilamchi bozordagi avtomobil o‘rtacha narxlari tahlil qilindi.

Mazkur davrda o‘rtacha foydalanilgan mahalliy ommabop avtomobillar hamda xorijiy luks avtomobilllar o‘rtacha narxlari pasaygan bo‘lsa, mahalliy luks va elektromobillar narxlarida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi.

Mahalliy ommabop avtomobillar narxlari

Joriy yilning noyabr oyida ikkilamchi bozorda oktabr oyiga nisbatan:

  • “Onix”: o‘rtacha foydalanilgan — 4.8%ga ($14 600 dan $13 900 ga) , kam foydalanilgan — 5,4%ga ($14 900 dan $14 100 ga);
  • “Lacetti”: o‘rtacha foydalanilgan — 1.4%ga ($14 700 dan $14 500 ga), kam foydalanilgan — 1,1%ga ($15 200 dan $15 031 ga);
  • “Nexia”: o‘rtacha foydalanilgan — 0.9%ga ($11 500 dan $11 400 ga);
  • “Spark”: o‘rtacha foydalanilgan — 0.8%ga ($10 485 dan $10 400 ga);
  • “Labo”: o‘rtacha foydalanilgan — 2.4%ga ($8 300 dan $8 100 ga);
  • “Damas”: o‘rtacha foydalanilgan — 0.9%ga ($8 200 dan $8 125 ga), ko‘p foydalanilgan — 1%ga ($7 600 dan $7 527 ga) arzonlagan.

Mahalliy luks avtomobillar narxlari

Mazkur davrda kam va o‘rtacha foydalanilgan “Malibu"avtomobilining o‘rtacha narxlari mos ravishda 3,0% ($30 100 dan $31 000 ga) va 1,7%ga ($29 000 dan $29 500 ga) oshgan bo‘lsa, ko‘p foydalanilgan “Equinox” o‘rtacha narxi 1,9%ga ($27 000dan $26 500ga) tushdi. Shuningdek, “Tracker” narxlarida o‘zgarish kuzatilmadi.

Elektomobil narxlari

Joriy yilning noyabr oyida o‘rtacha foydalanilgan BYD “Han"va BYD “Yuan Up” elektromobillar o‘rtacha narxlari mos ravishda 1,6% ($36 500 dan $35 900 ga) va 2,4%ga ($21 000dan $20 500ga) pasaygan.

Yangi BYD “E2” elektromobili 3,1%ga ($16 700 dan $17 216 ga) qimmatlashdi. BYD “Song Plus EV Chempion"ning narxi deyarli o‘zgarmadi (yangi — $29 000, o‘rtacha foydalanilgan — $26 600).

Xorijiy luks avtomobillar narxlari

Hyundai “Elantra” va Kia “Sportage” rusumli kam foydalanilgan avtomobillar o‘rtacha narxlari mos ravishda 2,2% ($23 000 dan $22 500 ga) va 1,5%ga ($32 500 dan $32 000 ga), o‘rtacha foydalanilgani esa 1,6%ga (“Elantra” — $22 000 dan $21 650 ga va Kia “Sportage” — $31 500 dan $31 000 ga) pasaydi.

Shuningdek, ko‘p foydalanilgan Kia “K5” va Kia “Sportage” avtomobillar ham mos ravishda 1,2% ($26 300 dan $25 990 ga) va 3,4% ga ($31 000 dan $29 950 ga) arzonlashgan bo‘lsa, Hyundai “Tucson” (ko‘p foydalanilgan — $25 000, kam foydalanilgan — $33 000), Hyundai “Santa FE” (ko‘p foydalanilgan — $35 000, kam foydalanilgan — $45 900) rusumli avtomobillar narxida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi.

Avtomobil narxlarini tahlil qilishda ma’lumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) orqali to‘plandi.

Bunda, 2020−2024-yillarda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun taklif etilayotgan narxlar saralab olingandan so‘ng, oktabr oyi uchun 16,0 mingta, noyabr oyi uchun 17,3 mingta ma’lumotlar asosida taklif etilgan narxlar tahlil qilindi