Ishtirok etish juda oson. “Click SuperApp” ilovasidagi “Aksiya” bo‘limiga o‘tish va ishtirokni tasdiqlash kifoya. Bundan keyin qo’shimcha imkoniyatlar taqdim etuvchi vazifalarni bajarishga o’tish mumkin. Masalan, 100 000 so’mlik pul o’tkazmasini amalga oshirib 1 ta qo’shimcha imkoniyatni qo’lga kiritish mumkin. 200 000 so’m = 2 ta imkoniyat va hokazo.
Asosiy yutuqli o‘yin sovrinlari:
- AirPods quloqchinlari;
- Yandeks Stansiya;
- Asus noutbuki;
- Apple Watch;
- iPhone 16 Pro;
- PlayStation 5;
- Dyson multistayleri;
- Kia K5 avtomobili.
Tezkor sovrinlar
Aksiyada tezkor sovrinlarni yutib olish mumkin. Buning uchun 10 kun davomida “Kundalik vazifa” bo‘limiga kirib, bonusli imkoniyatlarni olish lozim. Agar hatto 1 kun o‘tkazib yuborilsa, vazifalarni boshidan boshlashga to‘gri keladi. 10-kunda quyidagi sovrinlardan biriga ega quti ochiladi:
- “Click Premium” obunasi;
- hamkorlar sovg‘alari;
- g‘alaba qozonish uchun qo’shimcha imkoniyatlar;
- pul mukofoti.
Do‘stlar bilan imkoniyatlar yanada ko‘proq
Do‘stlarni maxsus promokod yordamida aksiyada ishtirok etishga taklif qilish mumkin. Ushbu promokod yordamida “Click SuperApp” ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan va aksiyada ishtirok etishini tasdiqlagan har bir do‘st uchun qo‘shimcha bitta imkoniyat beriladi. Qanchalik ko‘p do‘stlar aksiyaga qo‘shilsa, g‘alaba qozonish imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi.
“Click Marafon"da har qanday ishtirokchi g‘alaba qozonishi mumkin. Unda ishtirok etishga shoshilish tavsiya etiladi — birinchi asosiy o‘yingacha kam vaqt qoldi.
Reklama huquqlari asosida.