O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yangi rekord darajani qayd etdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 880 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 19 so‘m 91 tiyinga oshdi.

10-dekabr kuni dollarning rasmiy kursi yangi rekord darajani qayd etib, 12 874,02 so‘mni tashkil qildi.

Noyabr oyida kurs ketma-ket uch marta rekord darajaga ko‘tarilib, 28-noyabr kuni 12 865,05 so‘mni, 20-noyabr kuni 12 855 so‘mni, 19-noyabr kuni 12 844 so‘mga yetgandi.

Avvalroq “Spot” dollarning rasmiy kursi noyabr oyida qanday o‘zgargani haqida yozgandi. O‘zbek so‘mi ketma-ket to‘rtinchi oy arzonlashmoqda. O‘tgan oyda milliy valyuta 90 so‘m, yil boshidan beri esa 4,26%ga qadrsizlandi.

2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilish bo‘lgan.