“Google Play” ilova do‘koni 26-dekabrdan boshlab Rossiyada bank hisobvarag‘i ochilgan dasturchilar manziliga to‘lovlarni qayta ishlashni to‘xtatadi.

Bu ma’lumot kompaniyaning sotuvchilarga yuborilgan bildirishnomasida keltirilgan. Xabarning skrinshotini “Habr” portali e’lon qildi.

Unda aytilishicha, 2024-yil 26-dekabrdan boshlab “Google Play” bank hisobvarag‘i Rossiyada joylashgan dasturchilar manziliga to‘lovlarni to‘xtatadi. Butun dunyo bo‘ylab sotuvdan olingan daromad hisoblanmaydi.

Shuningdek, monetizatsiya ham imkonsiz bo‘lib qoladi. Foydalanuvchilarning pulli ilovalarni sotib olish, xarid qilish yoki mamlakat ichidagi bank hisobvarag‘iga ega bo‘lgan dasturchilardan obuna bo‘lish bo‘yicha barcha urinishlari rad etiladi.

“Agar daromadni o‘tkazish uchun bank hisobvarag‘ingiz Rossiyada ochilgan bo‘lsa, 2025-yil 15-yanvarda yakuniy to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng, biz sizga mablag‘ o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lmaymiz,” — deyiladi kompaniya xabarida.

Chora 25-dekabr Moskva vaqti bilan soat 22:00da kuchga kiradi. To‘lovlar 15-yanvargacha amalga oshiriladi.


Avvalroq “Spot” “Google” Rossiyada “YouTube” monetizatsiyasini o‘chirayotgani haqida yozgandi.

Kompaniya 2024-yil iyul oyidagi daromadlar 21-avgustdan 26-avgustgacha to‘lanishi haqida ma’lum qilgandi.