Saudiya Arabistonida an’anaviy gazlangan ichimliklarga yangi muqobil — shakarsiz “Milaf Cola” taqdim etildi. Bu haqda “Khaleej Times” nashri xabar berdi.
Ushbu mahsulot mamlakatda oziq-ovqat ishlab chiqarishning o‘sishini qo‘llab-quvvatlash va mahalliy va eksport tovarlari assortimentini kengaytirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Ar-Riyoddagi xurmo festivalida “Milaf Cola"ning rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ichimlik Saudiya Arabistoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasining (PIF) sho‘ba korxonasi bo‘lgan “Thurath Al Madina” tomonidan taqdim etildi.
https://twitter.com/drinkmilaf/status/1863296097730372085
Kompaniya ta’kidlashicha, “Milaf Cola” xurmo asosidagi mahsulotlarni ham ichki, ham xalqaro bozorlarda diversifikatsiya qilish strategiyasining bir qismi bo‘ladi.
“Thurath Al Madina” bosh direktori Bandar Al Qahtaniy Saudiya xurmolarining qiymatini oshirish va yuqori sifatli va foydali mahsulotlarga xalqaro talabni yaratish muhimligini ta’kidladi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, xurmo mevalarini dunyo bozorida yuqori ozuqaviy mahsulot sifatida targ‘ib qilish uchun kelgusida Atrof-muhit, suv resurslari va qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlik qilish rejalashtirilgan.
Avvalroq “Spot” Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda metro ochilgani haqida yozgandi.
Tarmoq oltita to‘liq avtomatlashtirilgan metro liniyalari, 85ta stansiya va 176 kilometr yangi yo‘llarni o‘z ichiga oladi