Toshkent viloyatining Angren shahrida “Angren city” turar joy majmuasi quriladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qurilish jarayonini shaharning bo‘sh turgan 35 gektar yer maydonida 2025-yildan bosqichma-bosqich amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Loyiha doirasida 2 810ta xonadondan iborat 41ta 9, 12, 14 va 16 qavatli turar joy binolari quriladi. Bu yerda maktab, bog‘cha, klinika, ijtimoiy soha muassasalari va ko‘ngilochar obyektlar bo‘ladi.

Birinchi bosqich muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini qurish uchun dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 96 mlrd so‘m yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

Loyiha natijasida 400dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilib, aholiga yillik 1,5 mlrd so‘mlik turli xizmatlar ko‘rsatiladi.

Avvalroq Yangihayot tumanida joylashgan “Yo‘ldosh” (“Sputnik”) massivi aholisi uchun “Yangihayot City” majmuasiga $1 mlrd yo‘naltirilishi haqida xabar berilgandi.