2024-yil dekabr oyida “Bon!” qahvaxonasi o‘zining 15 yillik yubileyini nishonlaydi. Shu vaqt mobaynida “Bon!” qahva ishqibozlari uchun qulay go‘shadan O‘zbekiston bo‘ylab — Toshkent, Buxoro va Andijonda 25 ta filialdan iborat haqiqiy tarmoqqa aylandi. Bu bejiz emas, chunki bu yerda qahva shunchaki ichimlik emas, balki butun bir madaniyat, san’at va o‘ziga xos muhitdir.
“Bon!” da qahvaxonani nima o‘ziga xos qilishini va nima uchun 15 yildan buyon odamlar bu yerga qayta-qayta tashrif buyurishlarini so‘zlab berishdi.
Qahva ifori hikoyasi
2009-yil. Toshkentda ilk bor “Bon!” qahvaxonasi ochildi! Bu shunchaki biznesni boshlash emas, balki insonlarga Parijning bir bo‘lagini — noziklik, san’at va nafosatning timsoli bo‘lgan shaharni hadya etish g‘oyasi edi.
Interyerdan tortib taomnomagacha bo‘lgan har bir unsur fransuz an’analaridan ilhom olingan. “Bon!” tashrif buyurgan har bir kishi o‘zini shunchaki mehmon emas, balki kichik fransuz ertagi ishtirokchisidek his qiladigan makon yaratishga intilgan.
Bir yil o‘tar-o‘tmas, bu g‘oya muvaffaqiyatli chiqqani ayon bo‘ldi. Shaharliklar “Bon!"ni uning uyg‘unligi, taomi va har bir tashrifni o‘ziga xos qiladigan o‘sha “joziba"si uchun sevib qolishdi.
Muvaffaqiyat geografiyasi
Bugungi kunda “Bon!” yuqori sifat va o‘ziga xos muhiti bilan bog‘liq haqiqiy milliy brendga aylangan. 25 ta filial O‘zbekistonning asosiy shaharlarini qamrab olgan, jumladan:
- Toshkent — bu yerda barchasi boshlangan va davom etmoqda;;
- Buxoro — boy tarixga ega bo‘lib, “Bon!” nafosati bilan uyg‘unlashgan shahar;
- Andijon — “Bon!” zamonaviy shahar an’analarining ramziga aylangan joy.
“Bon!” geografiyasi kengayishda davom etmoqda, u bilan birga bu qahvaxonani sevimli uchrashuvlar, dam olish va ilhom olish joyiga aylantirgan insonlar soni ham ortib bormoqda.
15 yil: natijalar va rejalar
Biznes uchun 15 yil — barqarorlik, mashhurlik va tanlangan yo‘lning to‘g‘riligini ko‘rsatuvchi mezondir. “Bon!” nafaqat vaqt sinoviga bardosh berdi, balki birinchi kunidanoq mehmonlarni o‘ziga jalb etgan o‘sha jozibani saqlab qolishga ham erishdi.
Muvaffaqiyatning siri jamoada. Har bir “Bon!” xodimini birlashtiradigan narsa — o‘z ishiga bo‘lgan samimiy muhabbatdir. Aynan shu odamlar yoqimli muhit yaratadi, mazali qahva tayyorlaydi va tabassum hadya etadi.
“Bon!"ning oldida hali ko‘plab rejalar bor — yangi shaharlar, yangi g‘oyalar va hatto eng nozik didli gurmanlarni ham hayratga soladigan yangi taomlarni taqdim etish ko‘zda tutilgan. Ammo bir jihat o‘zgarmaydi — bu mehmonlarga bo‘lgan mehr hamda qahvaxona ostonasidan o‘tgan har bir kishiga Fransiya ruhini taqdim etishga intilish.
“Bon!” o‘z tashrif buyuruvchilari bilan birgalikda erishilgan yutuqlar bilan chegaralanib qolmaydi.
Reklama huquqlari asosida.