Avvalroq prezident huzuridagi yig‘ilishda sut mahsulotlariga tabiiy yoki quruq sutdan tayyorlangani to‘g‘risida belgi qo‘yilishi ma’lum qilingandi.

Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmatining qayd etishicha, chetdan olib kiriladigan quruq sutga qo‘yilgan cheklov oqibatida ulardan olinadigan tayyor mahsulotlar importi 30%ga ko‘paygan.

Hozirda tadbirkorlar taklifi asosida quruq sut importiga cheklovlar olib tashlanishi rejalashtirilmoqda.

Xaridorlarga sut mahsulotlarini ongli ravishda tanlash imkonini yaratish maqsadida qadoqda tabiiy sut yoki quruq sut ishlatilgani haqidagi ma’lumot ko‘rsatilishi ko‘zda tutilmoqda.

Shu maqsadda Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatida tabiiy va quruq sutdan tayyorlangan mahsulotlarni ajratadigan laboratoriyalar tashkil qilinadi. Bu orqali mahsulotlarni ajratib, tabiiy yoki quruq sutdan tayyorlangani haqidagi belgini qo‘yiladi.

O‘zbekistonda tropik mevalar konsentratlari bojxona bojidan ozod etilishi mumkin. Mamlakatda yo‘q tropik mevalar konsentratiga boj qo‘yilgani uchun mahalliy salqin va alkogolsiz ichimliklar hamda sharbatlar boshqa davlatlar mahsulotlari bilan raqobatda yutqazmoqda.