“SpaceX” AQShning Texas shtatidagi Kemeron okrugi sudyasidan Starbase kosmodromini rasman shahar sifatida tan olishni so‘radi. Bu haqda kompaniya rahbari Ilon Mask “X” ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Mask mahalliy sudya Trevinodan “SpaceX” kompaniyasi raketalarni uchiradigan kosmik baza — Starbasening shahar maqomini olish imkoniyati bor-yo‘qligini aniqlash uchun saylov o‘tkazish iltimosi bilan murojaat qilganini e’lon qildi.
https://twitter.com/elonmusk/status/1867382483714502670?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1867382483714502670%7Ctwgr%5Ed55c3e4661724fcbe54c5e17c97fd29a53ff1f5e%7Ctwcon%5Es1_&ref_url=https%3A%2F%2Frtvi.us%2Fsociety%2Fv-tehase-mozhet-poyavitsya-novyj-gorod-on-budet-svyazan-so-spacex-maska%2F
“Starbase korporatsiyasini birlashtirishning natijasida, bu hududni allaqachon o‘z uyi deb biluvchi yuzlab odamlar va kelajakda insoniyatning kosmosda istiqbolini yaratishga hissa qo‘shishga intilayotgan bo‘lajak xodimlar uchun jahon darajasidagi yashash maskaniga aylantirish uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani rivojlantirish jarayonlari tezlashadi,” — deya ta’kidlanadi murojatnomada.
Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, u hududda allaqachon yuzlab odamlar doimiy yashab kelishmoqda, ularning o‘z yo‘llari, maktablari va shifoxonalari mavjud, shu sabab Starbasega shahar maqomini berish to‘g‘ri bo‘ladi.
Ayni paytda Mask allaqachon “SpaceX” shtab-kvartirasi endi rasman Texas shtatining Starbase shahrida joylashganini yozgan edi.
Qayd etilishicha, bu boradagi yakuniy qarorni Texas aholisining o’zlari ovoz berish orqali qabul qilishlari kerak.
2023-yilda Ilon Mask Texasda o‘z xodimlari uchun shahar qurishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.
Kelajakdagi turar-joy uchun joy shtatning ma’muriy poytaxti — Ostin shahridan 35 milya (taxminan 56 km) uzoqlikda joylashgan.
Modulli uylar allaqachon Bastrop okrugidagi sobiq qishloq xo‘jaligi yerlarida o‘rnatilib, 110 ta doimiy uy-joy qurilishi boshlangan.