“Qanot Sharq” aviakompaniyasi 2024-yil 31-dekabr va 2025-yil 1-yanvar kungi ayrim reyslari bekor qilinganligi haqida xabar berdi.

Xususan, aviakompaniyaning 2024-yil 31-dekabr quyidagi reyslari bekor qilinadi:

  • Toshkent-Istanbul (HH575 reysi);
  • Istanbul-Toshkent (HH576 reysi);
  • Istanbul-Namangan (HH578 reysi);
  • Namangan-Istanbul (HH577 reysi);
  • Toshkent-Moskva (HH701 reysi);
  • Samarqand-Sankt-Peterburg (HH741 reysi);
  • Namangan-Sankt-Peterburg (HH743 reysi);
  • Sankt-Peterburg-Namangan (HH 00000 reysi).

Shuningdek, 2025-yil 1-yanvarda amalga oshirilishi reja qilingan quyidagi reyslar ham bekor qilinadi:

  • Samarqand-Tel-Aviv (HH543 reysi);
  • Tel-Aviv-Toshkent (HH546 reysi);
  • Toshkent-Istanbul (HH573 reysi);
  • Istanbul-Toshkent (HH574 reysi);
  • Toshkent-Moskva (HH702 reysi);
  • Buxoro-Moskva (HH709 reysi);
  • Moskva-Buxoro (HH710 reysi);
  • Samarqand-Sankt-Peterburg (HH742 reysi);
  • Toshkent-Moskva (HH701 reysi).

Aviakompaniya yo‘lovchilardan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ramoqda.

Shu bilan birga, agar yo‘lovchilar bekor qilingan reyslardan birida bron qilgan bo‘lsa, mutaxassislarga aloqaga chiqishni, chipta narxini qaytarish yoki reysni boshqa sanaga qayta bron qilish bo‘yicha murojaat qilishni taklif qilmoqda.


Avvalroq “Spot” “Qanot Sharq” yangi Airbus A330 samolyotini qabul qilgani haqida yozgandi.

13 yoshli samolyot Turkiyaning “Southwind Airlines” kompaniyasidan lizingga olingan.