O‘zbekistonliklar Turkiyaga xizmat ko‘rsatish sohasidagi mavsumiy ishlarga taklif qilinmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Fuqarolar Antaliyasidagi 5 yulduzli mehmonxonalarda mavsumiy — 6−8 oylik ishlarda ishlashlari mumkin.
Oylik maosh — $632dan $863gacha. Vakansiyalar soni 1 200tani tashkil etadi.
Rus, ingliz yoki turk tillaridan birini biladiganlar uchun:
- resepshn (qabulxona xodimi);
- xostes (mehmonxona xodimi);
- barmen;
- ofitsiant.
Til bilish talab qilinmaydi:
- oshxona ishchisi;
- xona tozalovchi;
- bog‘bon.
Nomzodlar 19−45 yosh oralig‘ida, soha bo‘yicha ish tajribasi ega hamda sudlanmagan bo‘lishi kerak. Yashash joyi, 3 mahal ovqat ish beruvchi hisobidan ta’minlanadi.
Talabgorlar havola orqali ariza jo‘natishlari mumkin.
Batafsil ma’lumotlarni “Telegram"dagi @Antaliyaturkey manzili yoki 50 015−10−48 telefon raqami orqali olish mumkin.
Avvalroq Rossiya kompaniyalari 1750 nafar o‘zbekistonlikni ishga jalb qilishi haqida xabar berilgandi.