Yil yakuni: 2024-yil O‘zbekiston iqtisodiyotida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi?

“Spot” ekspert Yuliy Yusupov bilan iqtisodiyotdagi asosiy tendensiyalar, inflyatsiyaning tezlashishi, so‘m real almashuv kursining mustahkamlanishi sabablari, mikrokreditlashning o‘sishidagi risklar hamda O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish istiqbollari haqida suhbatlashdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Qimor o‘yinlari, lotereya va bukmekerlik faoliyatiga qo‘yiladigan talablar tasdiqlandi

O‘yinlar va bukmekerlik kompaniyasining ustav kapitali BHMning kamida 150 ming baravari miqdorida, lotereya tashkilotchisiniki esa BHMning 55 ming baravari miqdorida bo‘lishi kerak.

hafta yakuni, yangiliklar


Markaziy bankning yangi raisi Timur Ishmetov haqida nimalar ma’lum?

Regulyator raisining sobiq birinchi o‘rinbosari va sobiq moliya vaziri Birmingem universitetini tamomlagan. U islohotchi va davlatning iqtisodiyotga minimal aralashuvi tarafdori sifatida tanilgan.

hafta yakuni, yangiliklar


Xorijda ta’lim: AQShda ham o‘qib, ham ishlayotgan Hojiakbar Muminov hikoyasi

Hojiakbar “Spot"ga Amerikaga qanday ketgani, nima uchun marketingni o‘rganishni boshlagani va bu sohada muvaffaqiyatga erishish yo‘llari haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Uzbekistan Airways talabalar uchun 50%gacha chegirma e’lon qildi.
    Undan joriy yilning 23-dekabridan kelasi yilning 7-yanvarigacha bo‘lgan mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar uchun foydalanish mumkin.
  2. O‘zbekistonda metan zapravkalar faoliyatiga cheklov kiritiladi.
    Havo haroratining keskin pasayishi natijasida iste’molchilarning tabiiy gazga bo‘lgan talabi keskin oshib, quvurlarda gaz bosimining pasayishi kuzatilmoqda.
  3. O‘zbekiston temir yo‘llari talabalar uchun 50%gacha chegirma e’lon qildi.
    Undan 23-dekabrdan 10-yanvargacha mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlarga foydalanish mumkin. Biroq, SV /VIP klass vagonlari va Afrosiyob elektropoyezdiga amal qilmaydi.
  4. YouTube videolarni avtomatik dublyaj qilish funksiyasini qo‘shdi.
    Dublyaj funksiyasi video yuklanganda avtomatik ravishda yaratiladi va ingliz, fransuz, nemis, hind, indonez, italyan, yapon, portugal va ispan tillarini qo‘llab quvvatlaydi.
  5. Yunusobod dehqon bozori o‘rnida uch qavatli ekobozor qurish rejalashtirilmoqda.
    Nurafshon va Namangandagi Yangi O‘zbekiston bog‘lari yonida turizm markazlari, Navro‘z bog‘ida esa mehmonxona, yopiq sport maydonchasi, restoran va konferensiya zali tashkil etiladi.
  6. Fuqarolar o‘z nomiga kredit rasmiylashtirilishini taqiqlab qo‘yishlari mumkin bo‘ladi.
    Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan bu jismoniy shaxslar va kredit byurosi o‘rtasida ariza berish orqali amalga oshirilishi belgilanmoqda.
  7. Tramp AQSh prezidentligi maoshi va nafaqasidan voz kechmoqchi.
    Tramp yiliga $400 ming bo‘lgan prezidentlik maoshini olmasligini, shuningdek, umr bo‘yi to‘lanadigan nafaqadan ham voz kechishini ma’lum qildi.
  8. Dollar kursi yana rekord darajani qayd etdi.
    Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 13 so‘mga oshib, 12 892,97 so‘mni tashkil etdi.
  9. Yil yakuni: tadbirkorlar tomonidan tavsiya etilgan kitoblar.
    Ro‘yxatga badiiy adabiyotlar, avtobiografiyalar va shaxsiy o‘sish hamda biznesni rivojlantirishga oid kitoblar kiritilgan.
  10. 15-dekabrdan Afrosiyob elektropoyezdlari qatnovi vaqti o‘zgartiriladi.
    Unga ko‘ra, elektropoyezdlarning ayrim shaharlarga qatnovlari vaqti ko‘chiriladi.

Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar

Bon! o‘zining muvaffaqiyatli 15 yillik faoliyatini fransuzcha uyg‘unlik muhitida nishonlamoqda

Bon! qahvaxonasi o‘z faoliyatining 15 yilligini nishonlamoqda. Ushbu bayram sharafiga qahvaxona Bon tarixini va kelajakdagi rejalarini o‘rganishni taklif qilmoqda.

Click Marafon: keng ko‘lamli aksiya davom etmoqda

Endilikda Click’da pul o’tkazmalari Kia K5 avtomobili va boshqa qimmatbaho sovrinlarni yutib olish uchun qo’shimcha imkoniyatlar beradi. O’tkazmalar qancha ko’p bo’lsa, g’alaba qozonish imkoniyati shuncha yuqori. O’yin 21-dekabr kuni o’tkaziladi.

Texnologiyalar, madaniyat va $30 mln investitsiya: Frame O‘zbekiston media sanoatini qanday o‘zgartirmoqda

Kompaniya 30 million dollarlik shartnoma tuzdi, shundan 7,5 million dollari nafaqat kontent, balki texnologik innovatsiyalarni joriy etadigan va O‘zbekistonning madaniy tiklanishida asosiy rol o‘ynaydigan ekotizimni ishlab chiqishga yo‘naltirildi.