Andijon viloyatida elektr o‘lchov priborlarini dasturga kiritmasdan tarmoqdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘zenergoinspeksiya” Andijon viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda nazorat tadbiri o‘tkazilgan.
Unda Xo‘jaobod tumanida faoliyat yuritayotgan “B.T.S.” MChJga qarashli binolarning elektr o‘lchov priborlari dasturga kiritilmasdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu holat bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 413,7 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Avvalroq “Spot” ikkita hududda 1,5 mlrd so‘mdan ortiq elektr energiyasi va tabiiy gaz talon-toroj qilingani haqida yozgandi.
Xususan, Toshkent viloyatidagi xususiy MTM binosi va Samarqanddagi fermer xo‘jaligi umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz va elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib olgani aniqlangan.