Buxoro viloyatida AI-80 markali avtobenzinni AYQSh orqali sotilmasdan, ulgurchi sotib yuborilganligi aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida AYQShlarda qoidabuzarlik holatlari aniqlandi.
Xususan, Buxoro shahrida joylashgan “B.A.M.” xususiy korxonasiga qarashli avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida birja savdolarida yutib olinib, ta’minotchi korxona tomonidan yetkazib berilgan Ai-80 avtobenzin AYQSh orqali sotilmasdan, ulgurchi sotib yuborgan.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYQSh birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.
Avvalroq Andijonda navbatlarga sabab bo‘layotgan AYQShlarga chora ko‘rilgani haqida xabar berilgandi.
Xususan, benzinni hech qanday sabablarsiz sotuvga chiqarmay saqlab turgan va faoliyat ko‘rsatmagan AYQShlarning birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.