Avvalroq Markaziy bank 7ta bankni 2025-yil uchun tizimli ahamiyatga ega banklar sifatida belgilagani ma’lum qilingandi.

Mazkur banklar ro‘yxati regulyatorning 2023-yilning fevral oyida qabul qilingan “Tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomi asosida o‘tgan noyabr oyida tasdiqlandi.

Unga beshta davlat va ikkita xususiy banklar kiritilgan. 1-oktabr holatiga ko‘ra, ularning O‘zbekiston bank tizimining aktivlardagi ulushi 67%ni tashkil etadi.

Xususan, “Agrobank”, “Asakabank”, “Ipoteka-bank”, “Kapitalbank”, “Xalq banki”, “O‘zmilliybank” hamda “O‘zsanoatqurilishbank” 2025-yil uchun mahalliy tizimli ahamiyatga molik banklar sifatida belgilandi.

Tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlashda quyidagi mezonlardan foydalanildi:

  • bankning aktiv va majburiyatlari hajmi;
  • bankning bank tizimi ishtirokchilari bilan o‘zaro bog‘liqligi;
  • bankning qamrovi;
  • bank operatsiyalari murakkabligi.

Qayd etilishicha, tizimli ahamiyatga ega deb topilgan banklar uchun alohida bank nazorati o‘rnatiladi. Ularning to‘lovga qobiliyatli bo‘lishi moliya tizimi bilan birga, butun iqtisodiyot barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Avvalroq “Spot” O‘zbekiston banklari 2024-yilning uchinchi choragida qancha foyda topgani haqida xabar bergandi.