“YouTube"da ovozli izohlar paydo bo‘ladi. Yangi funksiyani “ThioJoe” nomli bloger videosi ostida payqashdi. Bu haqda “vc.ru” nashri xabar berdi.

Veb-versiyada faqat transkripsiya ko‘rsatiladi, ovozli izohlarni faqat mobil ilovada tinglash mumkin.

funksiya, ovozli izoh, youtube

Hozirda qancha blogerga funksiyadan foydalanish imkoniyati berilgani, obunachilar ovozli javob qoldirishlari mumkinmi yoki faqat mualliflar uchun imkoniyat bo‘ladimi noma’lum.

Kompaniya bunday funksiyani hali rasman e’lon qilmagan. Ehtimol, hozircha uni faqat ayrim blogerlar sinovdan o‘tkazishayotgan bo‘lishlari mumkin.

Biroq mutaxassislar ovozli izohlar faqat “YouTube Premium” obunachilari yoki kanallar egalariga taqdim etilishini istisno qilmaydilar.


Avvalroq “Spot” “YouTube” videolarni avtomatik dublyaj qilish funksiyasini qo‘shgani haqida yozgandi.

Dublyaj funksiyasi video yuklanganda avtomatik ravishda yaratiladi va ingliz, fransuz, nemis, hind, indonez, italyan, yapon, portugal va ispan tillarini qo‘llab quvvatlaydi.