Biznes
O‘zbekistonda ishlab chiqaruvchilar ekotizimi joriy qilinadi
2025-yildan ochiq va shaffof Ishlab chiqaruvchilar ekotizimi joriy etiladi. Bu tadbirkorlarga o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni taklif etish imkonini beradi.
Ekotizim quyidagi yo‘nalishlarini nazarda tutadi:
- hududlar va tovarlar kesimida ishlab chiqaruvchilar to‘g‘risidagi sanoat xaritasini ishlab chiqish;
- davlat buyurtmachilari va ishlab chiqaruvchilar, ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida o‘zaro kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish va ofteyk shartnomalar tuzish;
- “B2B” va “B2C” formatida “marketpleys” shaklidagi erkin savdo maydonchasini tashkil etish.
Suv tejovchi texnologiyalar joriy qilgan fermerlarga soliq imtiyozlari beriladi
2025-yildan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy qilinganda hamda sug‘orish uchun olingan suv hajmi o‘lchash uskunalari asosida aniqlanganda suv solig‘i stavkasiga 0,5 kamaytiruvchi koeffitsient qo‘llaniladi. Agar mazkur talablardan bittasi bajarilsa, soliq stavkasiga 0,7 kamaytiruvchi koeffitsient ishlatiladi.
Bundan tashqari, baliqchilik uchun olingan suv hajmi suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanganda suv solig‘i stavkasiga 0,7 kamaytiruvchi koeffitsient qo‘llaniladi.
Tadbirkorlarga elektrotexnika sanoatidagi investitsiya loyihalari uchun imtiyozli kreditlar beriladi
2024−2025 yillar uchun elektrotexnika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi.
Elektrotexnika sanoatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 2024−2026 yillarda banklarga, buyurtmasiga asosan 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga, yillik 5% stavkada $100 mln miqdorida kredit liniyasi ochiladi.
Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayoni raqamlashtiriladi
2025-yildan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va obyektlarni foydalanishga qabul qilishda qurilish xarajatlarni baholashning “hajm” uslubiga (hajm va sifat ko‘rsatkichlarini hisobga olishga) o‘tiladi.
Budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari bo‘yicha texnik nazorat xizmatini ko‘rsatishga quyidagi obyektlarda autsorsing asosida tadbirkorlarni jalb qilishga ruxsat beriladi:
- 2025-yildan — tajriba tarzida qurilish (ta'mirlash) ishlari yangidan boshlanadigan maktab, maktabgacha ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida;
- 2026-yildan — boshqa qurilish (ta'mirlash) obyektlarida (davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlar bundan mustasno).
Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot
Soliqlar va bojlar
Restoran va kafelarga o‘zlariga tutash maydonlarda yozgi terrasaga ruxsat beriladi
2025-yildan umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismi tadbirkorga “keshbek” sifatida qaytarib beriladi.
Bunda oylik aylanmasining 60%ini naqd pulsiz amalga oshirgan korxonalarga QQSning 40%i to‘langan zahoti qaytariladi. Agar bu 60%dan kam bo‘lsa, “keshbek” 20% bo‘ladi. QQS to‘lashga o‘tgan restoran va kafelarga foyda solig‘i 2 barobarga kamayadi.
Ularga bahor va yoz mavsumida o‘zlariga tutash maydonlarda stol-stul va soyabon qo‘yib ishlashga ruxsat beriladi. Restoran va kafelar ishchilar bilan qisqa muddatli, soddalashgan mehnat shartnomasini tuzishi mumkin bo‘ladi.
Tibbiy buyumlar savdosida cheklangan ustama narxini bekor qilish rejalashtirilmoqda
Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov 2025-yildan boshlab dori-darmon va farmatsevtika mahsulotlari bilan shug‘ullanuvchi barcha kompaniyalar qo‘shilgan qiymat solig‘iga o‘tishini ma’lum qildi.
Hozirgi vaqtda tegishli hujjat qabul qilinmagan.
Dori-darmon va tibbiyot tovarlari importi uchun yig‘im bekor qilinadi
2025-yil 1-yanvardan dori vositalari va boshqa tibbiy tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bekor qilinadi. Hozir bu bojxona qiymatining 1,2%ini tashkil etadi.
2025-yilda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari 10%ga ko‘tariladi
2025-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulkiga solinadigan soliq stavkasini 10%ga oshirish rejalashtirilmoqda. Yangi stavkalar qiymatning quyidagi ulushlariga teng bo‘ladi:
- butun O‘zbekiston bo‘yicha 200 kvadrat metrgacha bo‘lgan turar-joylar uchun — 0,34%;
- shaharlarda 200 dan 500 kvadrat metrgacha, shuningdek boshqa aholi punktlarida 200 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan turar-joylar uchun — 0,45%; — 0,45%;
- shaharlarda 500 kvadrat metrdan yuqori bo‘lgan turar-joylar uchun — 0,6%. — 0,6%.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning pasaytirilgan stavkasi ham oshadi. Yangi yildan boshlab u hozirgi 0,6% o‘rniga 0,65%ga teng bo‘ladi.
Suv tejovchi texnologiyalar va suv hisoblagichlarini joriy etayotgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun soliq 0,5 kamaytiruvchi koeffitsiyent (bu harakatlardan biri amalga oshirilganda 0,7) bilan hisoblanadi. Ular mavjud bo‘lmagan taqdirda 1,1 koeffitsiyent qo‘llaniladi.
Hozirgi vaqtda yillik byudjet va unga tegishli o‘zgartirishlar hali tasdiqlanmagan.
Foto: Jaloliddin Rajabov / Spot
Ta’limga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish 30 barobar arzonlashadi
2025-yil 1-yanvardan boshlab ta’lim muassasalari tomonidan jalb qilingan xorijiy mutaxassislarning ish ruxsatnomasini tasdiqlash narxi pasaytiriladi. Yig‘im miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravaridan (11,2 million so‘m) 1 baravarigacha (375 ming so‘m) kamaytiriladi.
Xususiy ta’lim tashkilotlari tomonidan ishga olingan xorijiy o‘qituvchilar O‘zbekistonda doimiy ishlash uchun “A2” toifasidagi kirish vizalarini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yangi soliq imtiyozlari kelasi yil boshidan kuchga kiradi
2025-yilning 1-yanvaridan yangi soliq imtiyozlari kuchga kiradi. Ayni paytda soliq to‘lovchilar huquqiy asoslar vujudga kelgan (ular joriy etilgan) paytdan boshlab imtiyozlardan ular amal qiladigan butun davr mobaynida foydalanish huquqiga ega.
2025-yildan boshlab jamoat transporti uchun QQS imtiyozlari bekor qilinadi
2025-yil 1-yanvardan yo‘lovchilarni yagona tariflar bo‘yicha tashish xizmatlarini ko‘rsatish aylanmasi hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari yagona ishtirokchisi hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar va xizmatlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinadi.
Shuningdek, yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilish tarzidagi imtiyozni bekor qilgan holda, mazkur yer uchastkalari bo‘yicha soliq stavkasi 50%ga kamaytiriladi.
2025-yilda marketpleyslardagi sotuvchilar uchun soliqlar oshiriladi
Foyda solig‘i 15%, QQS va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i — 12%, aylanmadan olinadigan soliq — 4%, yuridik shaxslar mol-mulki solig‘i 1,5% bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 1 kub metri uchun 100 so‘mga tenglashtiriladi.
Keyingi yilda tovar va xizmatlarni elektron platformalar orqali sotuvchilarga soliqlarni oshirish taklif etilmoqda. Buning uchun foyda solig‘i 7,5%dan 10%ga, aylanmadan olinadigan soliq 2%dan 3%ga oshiriladi.
Texnologiya, transport
2024−2026 yillarda xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklardan elektrotexnika va elektromaishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun banklarga $400 mln miqdorida kredit liniyalari jalb qilinadi.
2025-yilning 1-martigacha esa sinov laboratoriyasi faoliyatini xalqaro me’yorlar asosida rivojlantirish va tarmoqning eksport salohiyatini oshirishni inobatga olgan holda, uni akkreditatsiyadan o‘tkazish choralari ko‘riladi.
Foto: RBK
Yo‘l qurilishida huquqbuzarliklarni aniqlashga yordam berganlar moddiy rag‘batlantiriladi
Hududlar qiyofasini yaxshilash maqsadida eksperiment tarzida joriy yilning 1-sentabridan 2025-yilning 1-sentabrigacha joylardagi hokimlar belgilab beradigan muayyan hududda tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Xususan, fuqarolar va yuridik shaxslarning ularga tegishli bino va inshootga tutash hududlarni obodonlashtirish borasidagi mas’uliyati OAV, ijtimoiy tarmoqlar orqali har bir mahallada mahalla raislari tomonidan tushuntirib boriladi.
Poyezdlarda yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatishdan ko‘rilgan zarar budjetdan qoplanadi
2025-yildan mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashish xizmatlarini ko‘rsatishdan ko‘rilgan zararlarni (yuqori tezlikda harakatlanadigan va tezyurar poyezdlarda yo‘lovchilarni tashish bundan mustasno) budjet hisobidan qoplash tartibini joriy etish belgilangan.
Germaniya va Saudiya Arabistonida IT Park vakolatxonasi ochiladi
2025-yildan dastur va loyiha doirasida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar “IT Park” mablag‘lari hisobidan, yetmagan qismi esa Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Dekabr oyida prezident “IT Park” hududida Angliya huquqini joriy etish, rezidentlar uchun soliq imtiyozlarini 2040-yilgacha uzaytirish hamda sohaga 100 yillik qulaylik yaratish bo‘yicha takliflarni bildirgandi.
Mehnat migrantlariga turli xizmatlar ko‘rsatuvchi mobil ilova yaratiladi
2025-yilning 1-iyuligacha yagona idoralararo va to‘liq integratsiya qilingan elektron ma’lumotlar bazasi hamda mobil ilova ishlab chiqiladi. Onlayn ma’lumotlar bazasi O‘zbekistondan chiquvchi va davlat hududiga kirib keluvchi shaxslarning aniq hisobini yuritadi.
Oziq-ovqat mahsulotlari sohasiga $220 mlngacha mablag‘lar ajratiladi
2025-yil yakunigacha oziq-ovqat xavfsizligi va iste’moli sohasida yaxlit idoralararo Milliy axborot platformasi ishlab chiqiladi.
O‘zbekistonda Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi
“Raqamli dalillar yagona reyestri” idoralararo avtomatlashtirilgan tizimining sinov versiyasi 2025-yilning 1-martigacha, 2025-yilning 1-avgustigacha esa to‘liq versiyasi joriy etiladi.
Mazkur reyestr akademiya serverlarida saqlanadi hamda uning uzluksiz ishlashi, axborot xavfsizligi ta’minlanishi uchun akademiya mas’ul hisoblanadi.
Ijtimoiy soha
Chiqindi pulini to‘lamaganlarning elektr uchun to‘lovlarini qabul qilish vaqtincha to‘xtatiladi
Qarzdorlik bo‘yicha ogohlantirilgandan keyin to‘lov qilmagan shaxslarning elektr uchun to‘lovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyoti quyidagi bosqichlarda joriy etiladi:
1-bosqichda — Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida — 2024-yil 1-iyundan — 6 oylik qarzdorlik uchun;
2-bosqichda — respublikaning barcha hududlarida — 2024-yil 1-noyabrdan — 3 oylik qarzdorlik uchun;
3-bosqichda — respublikaning barcha hududlarida — 2025-yil 1-yanvardan — 1 oylik qarzdorlik uchun.
Beshta shahar va bitta tumanda maishiy chiqindilarni saralash yo‘lga qo‘yiladi
2025-yildan qattiq va suyuq maishiy, qurilish, sanoat, tibbiy, xavfli va zaharli chiqindilarni tashish Ekologiya vazirligi tomonidan litsenziyalanishi zarur. Chiqindilarni tashuvchi mashinalar GPS-treker va videoregistratorlar bilan jihozlanishi belgilangan.
Kambag‘al oilalarga tadbirkorlikni boshlash uchun garovsiz va foizsiz qarz beriladi
2025-yildan kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyoz asosida qabul qilinadi. 2025/2026 o‘quv yilidan farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari qoplab beriladi.
2025-yildan “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan kambag‘al oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi. “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” biriktirilgan rahbarlarning xulosasi asosida kambag‘al oilalarga noutbuk sotib olish uchun 5 yil muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi.
Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot
Turizm
O‘zbekistonda yangi turizm brendi yaratiladi
2025-yildan O‘zbekistonda biznes tadbirlarni tashkil qilgan tadbirkorlarga 2028-yilgacha soliq stavkalari pasaytiriladi. Bunda tadbirga kamida 100 nafar xorijiy ishtirokchisi jalb qilinishi hamda 3 kundan kam bo‘lmasligi kerak.
Natijada, tadbirkorlar mazkur biznes tadbirlarini tashkil qilishdan olingan daromaddan olingan foyda solig‘ini bu soliq bo‘yicha belgilangan soliq stavkasiga nisbatan 50%ga kamaytirilgan soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
O‘zbekistonda turistlarga bepul sim-kartalar taqdim etiladi
2025-yildan turizmning yangi turlari, jumladan, sanoat, geologiya, ilmiy, harbiy hamda davlat-boshqaruv turizmi joriy etiladi. Mudofaa vazirligiga 2025-yildan Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi Qibray sport majmuasi bazasida “Stendli otish” va o‘qotar qurollardan otishni pulli asosida yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi.
O‘zbekistonda yulduzli sanatoriylar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
2025-yilning 1-apreligacha internet orqali yashovchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan elektron dasturi (E-mehmon)ga ulangan xususiy tibbiyot va sog‘lomlashtirish muassasalari dastlabki 6 oylik abonent to‘lovi to‘lashdan ozod qilinadi.
2025-yilning 1-martigacha tibbiyot muassasalari, sanatoriylar va tibbiy turizm yo‘nalishida xizmat ko‘rsatuvchi turoperatorlarning xizmatlari sifatini baholab boruvchi reytingni shakllantirish uchun elektron platforma ishga tushiriladi. Davlat tili va xorijiy tillarda tibbiyot hamda sog‘lomlashtirish muassasalarining yagona reyestri yuritiladi.
Tibbiyot
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga haq to‘lashning alohida tartibi joriy etiladi
Tibbiyot muassasalari uchun tasdiqlangan shtat me’yorlari tavsiyaviy tusga ega hisoblanadi. 2025-yilning 1-iyulidan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lashning alohida tartibi hamda shartlari tatbiq etiladi.
Tashkent Pharma Parkda biotexnologiyalar klasteri tashkil etiladi
2025-yil 1-yanvardan bosqichma-bosqich barcha tibbiyot muassasalari tomonidan markazlashmagan tartibda xarid qilinadigan farmatsevtika mahsulotlari xaridi markazlashtirilgan tartibga o‘tkaziladi.
Dori-darmon aylanmasi bo‘yicha postmarketing nazorati yo‘lga qo‘yiladi
Farmatsevtika mahsulotlarining postmarketing nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Yangi tartib 2025-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.