Toshkent shahri va viloyatidagi AYQShlarda avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmaslik holatlari aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zenergoinspeksiya” aholini sifatli neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida AYQSHlarda qoidabuzarlik holatlari aniqlanmoqda.

Xususan, Toshkent shahri Bektemir tumanida joylashgan “X.A.” MChJlarga qarashli avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olingan.

Laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilganda AI-92-markali avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.

Bu kabi holat Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “K.T.” MChJga qarashli AYQShda ham AI-92-markali avtobenzin sifatsiz ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYQShlar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.


Avvalroq “Spot” Buxoroda AI-80 benzinini ulgurchi sotib yuborgan AYQSh aniqlangani haqida yozgandi.

Holat yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYQShning birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.