17-dekabr, payshanba kuni bitkoin kursi $108 mingdan oshdi. Bu haqda “CoinMarketCap” ma’lumotlarida keltirilgan.
Savdoning yuqori nuqtasida token Toshkent vaqti bilan 20:00 atrofida mazkur narxni qayd etgan. Keyinchalik uning narxi pasaydi.
Xabar e’lon qilingan vaqtda bitkoin $106,412ga sotilmoqda. So‘nggi sutkada kurs taxminan 7,5%ga ko‘tarildi, haftalik o‘sish esa biroz ko‘proq — 7,7%ni tashkil etdi.
5-dekabr kuni bitkoin kursi $100 mingdan oshdi. Savdoning yuqori nuqtasida token Toshkent vaqti bilan 7:40 atrofida psixologik belgidan o‘tgan. Yarim soat o‘tgach, token uchun $103 mingdan ortiq taklif qilindi, shundan so‘ng narx ushbu belgi atrofida kichik tebranishlar bilan barqarorlashdi.
15-dekabrdan 16-dekabrga o‘tar kechasi kriptovalyuta qiymati $106 mingni tashkil etgandi. Eng yuqori cho‘qqida u 106,6 ming dollarga yetgan.
6-noyabr kuni bitkoin qisqa vaqt ichida birdaniga 8%ga qimmatlab, $75 mingga, 7-noyabrda — $76 mingga, 8-noyabrda esa $77 mingga yetdi.
10-noyabr kuni bitkoin kursi birinchi marta $80 mingdan oshdi. Trampning AQSH prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasi fonida kriptovalyuta narxi 16%ga oshdi.
“Binance” ma’lumotlariga ko‘ra, savdoning yuqori nuqtasida token $80,080dan sotilgan, keyinchalik uning narxi $79,657gacha pasaygan.
Prognozlarga ko‘ra, bitkoin narxi 2024-yil oxiriga kelib $160 mingga, 2025-yilning ikkinchi yarmida esa $350 mingga yetishi mumkin.