“Meta” “Ray-Ban” aqlli ko‘zoynaklariga uchta sun’iy intellekt funksiyani — “Live AI”, real vaqt rejimida tarjima va “Shazam"ni qo‘shdi.

Dastlabki ikkita funksiya erta kirish dasturi ishtirokchilari uchun, uchinchisi esa AQSH va Kanadadagi barcha foydalanuvchilar uchun mavjud, deb yozadi “The Verge” nashri.

“Live AI” yordamida foydalanuvchilar sun’iy intellekt yordamchisi bilan yanada tabiiyroq muloqot qila oladilar, chunki u atrofdagi vaziyatni ko‘ra oladi.

Nashrning yozishicha, nazariy jihatdan, foydalaanuvchi do‘konda bo‘lganida ko‘rib turgan mahsulotlardan nimalar tayyorlash mumkinligini so‘rab, yordamchidan maslahat olishi mumkin.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, qurilma to‘liq quvvatlanganda, bu imkoniyatdan bir safar 30 daqiqagacha foydalanish mumkin.

Qayd etilishicha, aqlli ko‘zoynak iIngliz, ispan, fransuz va italyan tillariga real vaqt rejimida tarjima qilish mumkin.

Tarjimani ko‘zoynak orqali tinglash yoki smartfonda tomosha qilish mumkin. Foydalanuvchi avvaldan til juftliklarini yuklab olishi va o‘zi qaysi tilda, suhbatdoshi esa qaysi tilda gapirishi haqida ma’lumot kiritishi lozim.

“Shazam” funksiyasi foydalanuvchiga yangrayotgan qo‘shiqlarni topishga imkon beradi. Buning uchun “Meta bu qanday qo‘shiq?” deb so‘rash kerak.


Avvalroq “Spot” “Apple” aqlli ko‘zoynak ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganayotgani haqida yozgandi.

Narxi $3499lik “Vision Pro” garniturasi o‘zini oqlamaganidan keyin “Apple” “Meta” ko‘zoynaklari bilan raqobatlasha oladigan qurilma yaratishga harakat qilmoqda.