“Adobe” kompaniyasi yangi “Aksni olib tashlash” (Reflection Removal) vositasini taqdim etdi. Bu haqda “Kommersant” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, uning yordamida foydalanuvchilar fotosuratlardan aksni olib tashlashlari mumkin.
Undan “Adobe Photoshop” yoki “Adobe Bridge"da Creative Cloud obunasi egalari foydalanishlari mumkin, yaqin orada u “Adobe Lightroom"da ham paydo bo‘ladi.
Sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan yangi vosita oynada aks etgan tasvir bilan uning ortidagi narsalarni bir-biridan ajratib beradi.
Foto: shisha oynadagi akslar (chapda), ko‘zgular olib tashlangan fotosurat (markazda) va hovli bog‘ining o‘zi aks etgan surat (o‘ngda).
Bu sun’iy intellekt minglab juft fotosuratlar asosida o‘qitilgan bo‘lib, ularda asl tasvir va sun’iy ravishda qo‘shilgan aks etishlar mavjud edi.
Hozircha neyron tarmog‘i butun tasvirni qamrab olgan akslar bilan eng yaxshi ishlaydi, uzoqda joylashgan yoki kichik o‘lchamli akslar bilan esa eng yomon natija bermoqda.
Avvalroq “Spot” “Adobe” matn va tasvirlardan video yaratish uchun sun’iy intellekt modelini chiqargani haqida yozgandi.
Model 2D va 3D animatsiyalarni yaratishi, haqiqiy holatlarga taqlid qila olishi mumkin. Videoning maksimal uzunligi to‘rt soniyani tashkil qiladi.