Toshkent viloyatida mineral o‘g‘it ishlab chiqarish sexi 8,7 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi fosh etildi.

“O‘zenergoinspeksiya” Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazilgan.

Unda Ohangaron tumanida joylashgan “N.” MChJga qarashli mineral o‘g‘it ishlab chiqarish sexida gaz ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan 1 dona bug‘ qozoni va 2 dona ikki konturli isitish qozonida noqonuniy ravishda tabiiy gazdan foydalanilganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra davlat manfaatlariga 8 mlrd 743 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.


Avvalroq “Spot” Toshkent viloyatida 649 mln so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingani haqida yozgandi.

Xususan, Yuqorichirchiq tumanidagi issiqxona hech qanday loyiha hujjatlarisiz tabiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.