Termiz shahrida 3,8 tonna AI-80 markali avtobenzin belgilangan AYQShga olib borilmasdan, ulgurji sotib yuborilganligi aniqlandi.

Aholini sifatli neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida AYQShlarda qoidabuzarlik holatlari aniqlanmoqda.

Xususan, Surxondaryo viloyati Termiz shahriga joylashgan “O.O."MChJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasiga ta’minotchi omboridan olib kelingan 3,8 tonna Ai-80 markali avtobenzin belgilangan shoxobchaga olib borilmasdan, ulgurji sotib yuborilganligi aniqlandi.

Bu kabi holat Farg‘ona viloyatidagi “M.P.O.” MChJga qarashli AYQShda ham AI-80-markali avtobenzin belgilangan shoxobchaga olib borilmasdan, ulgurji sotilganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShlar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.


Avvalroq “Spot” Buxoroda AI-80 benzinini ulgurchi sotib yuborgan AYQSh aniqlangani haqida yozgandi.

Holat yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYQShning birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.