“UzAuto Motors” yana “Chevrolet Cobalt” avtomobili uchun kontraktatsiyani ochmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shartnoma berish jarayoni 19-dekabr kuni kuni soat 10:00da boshlanib, “GX-Style AT Plus” va “GX-Midnight AT” modifikatsiyasi uchun shartnoma tuzish mumkin bo‘ladi.

Kompaniyaning qayd etishicha, kontraktatsiyaga avvalgi tuzilgan shartnomalar uchun belgilangan vaqtda to‘lov amalga oshirilmagan hajmlar qayta qo‘yiladi.

Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomalar onlayn tarzda savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshiriladi. “Telegram"-bot hamda “UzAvtosavdo” ilovasi orqali esa navbatni kuzatish hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumot olish mumkin.

Avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov 7 kun ichida amalga oshirilishi kerak. Savollar yuzasidan kompaniyaning +998 78−141−7777 raqami orqali ma’lumot olish mumkin.

Kompaniya 22-noyabr kuni “GX-Style AT Plus” va “GX-Midnight AT” uchun shartnoma tuzishi ma’lum qilingandi. Shu kuni, 10 soat ichida mazkur modellar uchun jami 55 494ta shartnoma berilgan.

Undan keyin, 11-dekabr kuni to‘lov qilinmagan hajm qayta sotuvga chiqarildi. Kompaniya qariyb 6 soat ichida GX-Style AT Plus va GX-Midnight AT uchun 22 mingtadan ortiq shartnoma tuzgan.