Xitoyning “Xiaomi” kompaniyasi “Dictionary Pen C1” tarjimon ruchkasini $48 yoki 349 yuan narxda taqdim etdi. Bu haqda “Gizmochina” portali xabar berdi.
Ruchka matnni aniqlab, tarjima qilish imkoniyatiga ega. Natija uch dyuymli ekranda aks ettiriladi. Bundan tashqari, gadjet ovoz orqali ham tarjima qilishni ta’minlaydi.
Bunda matnni aniqlash aniqligi 98%ni tashkil etadi. Shuningdek, ruchkaga o‘rnatilgan sun’iy intellekt foydalanuvchiga tarjima bo‘yicha batafsil tushuntirishlar beradi.
“Dictionary Pen C1” bir marta quvvatlantirilganda 100 kungacha ishlashi mumkin. Foydalanuvchilar materiallarni saqlash uchun 32 GB hajmli xotiradan foydalanishlari mumkin.
Ruchka 26 mlndan ortiq lug‘at maqolalaridan iborat katta ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lib, boshlang‘ich, o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari uchun zarur so‘z boyligini o‘z ichiga oladi.
U yuqori kadrlar chastotasiga ega tasvirlash texnologiyasi va 98%dan yuqori aniqlikdagi ilg‘or OCR imkoniyatlari tufayli 0,3 soniyada ajoyib so‘zlarni aniqlash tezligiga erishib, tez va aniq skanerlash imkoniyatlarini taqdim etadi.
Avvalroq “Spot” “Meta” aqlli ko‘zoynaklarida real vaqt rejimida tarjima funksiyasini sinovdan o‘tkazishni boshlagani haqida yozgandi.
Shuningdek, kompaniya ko‘zoynakga sun’iy intellekt yordamchisi bilan muloqot va qo‘shiqlarni topishga imkon beradigan “Shazam” funksiyasini qo‘shdi.