Jizzax viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Mazkur lavozimda 2017-yildan beri ishlab kelayotgan Ergash Saliyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Bu bo‘yicha prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
Uning o‘rniga “Hududiy elektr tarmoqlari” boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Mavlonovich Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Ulug‘bek Mustafoyev 2010−2016-yillarda Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari, Jizzax viloyat hokimi o‘rinbosari, 2017−2019-yillarda “O‘zbekenergo” raisi sifatida faoliyat yuritgan.
2019-yildan hozirgi kungacha u “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi raisi bo‘lib ishlab kelayotgan edi.