Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (O‘zbekkosmos) yil boshidan beri kosmik monitoring orqali qariyb 721 gektar maydonida 1928 ta noqonuniy chiqindixona mavjud ekanligi aniqlandi.

Ulardan 123tasi ya’ni 255,5 gektari chiqindi saqlash poligonlari chegarasidan tashqariga chiqish, 1 805tasi 465,2 gektari yesa noqonuniy chiqindi poligonlari sifatida qayd etilmoqda.

Eng ko‘p qoidabuzarliklar umumiy maydoni 98,6 gektar bo‘lgan 363 ta noqonuniy poligon bilan Toshkent viloyatida aniqlangan. Ikkinchi o‘rinni 63,2 gektar maydondagi 243ta poligon bilan Qoraqalpog‘iston egalladi.

Shuningdek, chiqindixonalar egallagan maydonlarning eng katta miqdori Navoiy viloyatiga to‘g‘ri keldi — 112,4 gektarli 216ta poligon.

Shu bilan birga, noqonuniy poligonlar Buxoro (92 o‘rin, 91,7 gektar) va Qashqadaryo (81 o‘rin, 79,3 gektar) viloyatlarida ham katta maydonlarni egallagan.

Qayd etilishicha, bu kabi noqonuniy chiqindi poligonlarining tashkil yetilishi avvalo atrof muhit va ekologiyaga katta salbiy ta’sir o‘tkazib, tuproq, suv va havo sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan xavflidir.

Qolaversa, zararli hasharotlar ko‘payishi, infeksion kasalliklarning ortishi, insonlarda o‘pka saratoni va nafas olish nuqsonlarining rivojlanishiga olib keladi.

Oktabr oyida Shavkat Mirziyoyev 2026-yilgacha davlat kosmik monitoringi sohasidagi ishlar rejasini tasdiqladi.

Jumladan, noqonuniy chiqindixonalarni aniqlash, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, ruxsatsiz binolar va inshootlar qurish, shuningdek, o‘rmonzorlar va suv omborlarining holatini nazorat qilishni o‘z ichiga oladi.


Avvalroq “Spot” “SpaceX” O‘zbekistonga milliy kosmik dasturni ishlab chiqishda yordam berishi haqida yozgandi.

Shuningdek, O‘zbekkosmos Yaponiyaning Kyushu texnologiya instituti bilan aerokosmik mutaxassislarni tayyorlashda hamkorlik qiladi.