Hukumatning temir yo‘l transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan va bozor tamoyillari asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Unga ko‘ra, yemir yo‘l transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan va bozor tamoyillari asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Shuningdek, qaror bilan temir yo‘l transporti sohasida iste’molchilarga bepul ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati ham tasdiqlandi.

Bunda iste’molchilarga aravacha, ona va bola xonasidan foydalanish, kutish zalida Wi-Fi, nogironlar uchun aravachalar, yo‘l davomida choy, ichimlik suvi, shakar bepul taqdim etiladi.

bepul, temir yo'l, xizmatlar


Avvalroq Toshkent Shimoliy vokzalida chipta sotuvchi terminal ishga tushirilgani haqida xabar berilgandi.

Yo‘lovchilar uning yordamida temiryo‘l kassalarida chiptalarni navbatlarsiz sotib olishlari mumkin.

Shuningdek, mazkur vokzalda yo‘lovchilar uchun turniketlar ishga tushirildi.

Ushbu turniketlar elektron chiptalardagi QR-kodni skaner qilib, chipta haqiqiy bo‘lsa, yo‘lovchini perronga chiqishga ruxsat beradi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” poyezd chiptalarini onlayn sotib olish imkoniyatini 2019-yilning avgust oyida ishga tushirgan. 2020-yilning mart oyidan boshlab elektron ro‘yxatdan o‘tish xalqaro reyslarga ham joriy qilindi.