Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yil yakunlari va 2025-yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi hamda yetakchi tadbirkorlar bilan muloqot bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.
Unda turizm sohasida ham katta ishlar qilingani, tadbirkorlarning 6,5 trln so‘m sarmoyasi bilan 24 ming o‘rinli mehmonxonalar ishga tushgani ta’kidlandi.
Kelgusi yilda mehmon o‘rinlari yana 30 mingga oshadi. Tadbirkorlar bunga 10 trln so‘m investitsiya kiritishga tayyor.
Bu yil ishga tushgan 17ta yirik savdo va turistik maskanga qo‘shimcha yana 25ta shunday majmua qo‘shiladi.
Bo‘stonliqda $10 mlrdlik “Sea Breeze” nomli yirik markaz qurilishini boshlashga kelishib olingani qayd etildi.
Shuningdek, mamlakatga dunyoni nufuzli “Swissôtel”, “Sheraton”, “Ritz-Carlton”, “Novotel”, “Pullman”, “Marriott”, “ibis”, “Mercure” kabi 23 ta mehmonxona brendlari kirib kelayapti.
Bundan tashqari yig‘ilishda savdoni rivojlantirish bo‘yicha alohida kompaniya ochilib, eksportni moliyalashtirish uchun $350 mln ajratilgani qayd etildi.
Natijada berilgan har $1 hisobiga tadbirkorlar $6lik eksport qildi. Kelgusi yilda bunga yana $300 mln berilishi belgilandi.
Avvalroq “Spot” 2028-yilgacha umumiy ovqatlanish korxonalari va mehmonxonalarga QQSning bir qismi qaytarilishi haqida yozgandi.
Shuningdek, restoran va kafelarga jismoniy shaxslardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini naqd pulga sotib olishga ruxsat beriladi.