Toshkentdan Buxoroga “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Temiryo‘lekspress” matbout xizmati xabar bermoqda.

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan 778/777-sonli “Toshkent-Buxoro-Toshkent” yo‘nalishida yuqori tezlikda poyezd harakati 30-dekabrdan boshlanadi.

Xususan, qo‘shimcha qatnovlar 30-dekabrdan boshlanib, 2025-yilning 2-yanvar kunigacha amalga oshiriladi.

Poyezd jadvali quyidagicha:

778-sonli Toshkent-Buxoro yo‘nalishi:

  • Toshkent 06:03 — Buxoro 10:14;

777-sonli Buxoro-Toshkent yo‘nalishi:

  • Buxoro 17:55 — Toshkent 22:08.

Avvalroq 15-dekabrdan “Afrosiyob” elektropoyezdlari qatnovi vaqti o‘zgartirilishi haqida xabar berilgandi.

Unga ko‘ra, elektropoyezdlarning ayrim shaharlarga qatnovlari vaqti ko‘chiriladi.

Shunindek, 15-dekabrdan Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdi yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilindi.

Qatnovlar 15−31 dekabr hamda 3−12 yanvar kunlari oralig‘ida haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.