“Hududiy elektr tarmoqlari"ga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Asrorjon Akramovich Askarov “Hududiy elektr tarmoqlari” Boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
Shu kungacha u kompaniya boshqaruvi raisining iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Asrorjon Asqarov 1978-yilda tug‘ilgan. 2001-yilda Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. 2008-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, bir yildan so‘ng Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tugatgan.
19-dekabr kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
U 2010−2016-yillarda Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari, Jizzax viloyat hokimi o‘rinbosari, 2017−2019-yillarda “O‘zbekenergo” raisi sifatida faoliyat yuritgan.