Toshkent viloyatida 2025-yildan chiqindi olib ketish tariflari oshiriladi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi qarori e’lon qilindi.

Qarorga ko‘ra, 1-yanvardan fuqarolar uchun qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish narxi oyiga bir kishi uchun QQSsiz 7 ming so‘m, QQS bilan 7840 so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, budjet va xo‘jalik tashkilotlari uchun narx 1 metr kvadratga 74 ming so‘m (QQSsiz) va 82 880 so‘mni (QQS bilan) qilib belgilanmoqda.

chiqindi, olib ketish, tarif, toshkent viloyati

Bundan oldin Ekologiya vazirligi to‘rtta hududda qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish xizmatlariga haq to‘lash bo‘yicha yagona tariflar joriy etilganini ma’lum qilgandi. Qayd etilishicha, so‘nggi to‘rt yil davomida narxlar o‘zgarmagan.

Viloyat/hudud
Aholi uchun tariflar, so‘mda
Yuridik shaxslar uchun tariflar, so‘mda
Toshkent, viloyati
4400
61 000 (QQS bilan 68 320)
Samarqand shahri va tumani
5000
90 000, QQS bilan
Samarqandning boshqa tumanlarida
4129
59 693, QQS bilan
Farg‘ona viloyati, shaharlar
5000
48 000 (QQS bilan 53 760)
Farg‘ona viloyati, tumanlar
4000
Andijon viloyati
3500
47 500, QQS bilan

Avvalroq chiqindidan qarzi borlarning elektr energiyasi uchun to‘lovlari cheklanishi mumkinligi xabar berilgandi.

Quyi palata deputatlari chiqindi xizmatidan qarzi borlarning elektr energiyasi uchun to‘lovlarini cheklashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.