Avvalroq 20-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yil yakunlari va 2025-yilga rejalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi.

Yig‘ilishda davlat rahbari Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonlari yakuniy bosqichga kirayotganini qayd etdi. Xususan, AQSh va Xitoy kabi yirik davlatlar bilan kelishuvlarga erishildi.

bojxona posti, jahon savdo tashkiloti, jst, kambag‘allik, nazorat o‘tkazish punkti, prezident, shavkat mirziyoyev

Bu yil qo‘shni mamlakatlar bilan chegaradan o‘tish bilan bog‘liq bir qator masalalar hal etildi. 13 yil yopiq bo‘lgan Andijonning “Xonobod”, “Mingtepa” va “Qorasuv” hamda 8 yil ishlamagan “Uchqo‘rg‘on” chegara postlari tiklandi.

Natijada aholi va tadbirkorlar yo‘li 100 km.ga qisqardi. O‘tgan 11 oyda chegara orqali harakatlangan transport soni 400 mingga oshib, 3 mlnga yetdi.

Kelgusi yilda “G‘ishtko‘prik”, “Navoiy”, “Dovut-ota”, “Shovot” va “Gulbahor” chegara postlarida qo‘shimcha koridorlar qurilib, o‘tkazish quvvati 5 karra oshiriladi. Prezident bu tadbirkorlar uchun qulaylik yaratishini qayd etdi.

Murakkab geosiyosiy sharoitga qaramay, mamlakat iqtisodiyoti 6,3%ga oshib, $111 mlrddan ko‘paygani ta’kidlandi.

Sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasiga $38 mlrd investitsiya kirdi, eksport $26 mlrddan oshdi.

O‘tgan davrda tadbirkorlar 387 ming kambag‘al oila a’zolari va 40 ming nogironligi bor odamlarni daromadli qildi. Kambag‘allik darajasi yil yakuni bilan 9%dan pasayadi.

“Aminmanki, o‘zaro ishonchga asoslangan hamkorligimizni shu sur’atda davom ettirsak, kelgusi yillarda bu ko‘rsatkichni bemalol 6%ga tushiramiz”, — dedi prezident.

Shuningdek, prezident va’dasini ustidan chiqib, yangi quvvatlar hisobiga minglab ish o‘rni yaratayotgan hamda iqtisodiyot o‘sishiga hissa qo‘shayotgan tadbirkorlarga minnatdorlik bildirdi.

Avvalroq banklar tadbirkorlar uchun xorijdan davlat kafolatisiz $6 mlrd jalb qilishi rejalashtirilgani haqida xabar berilgandi.